Hojimurod Olimjonov - Yolg’iz ayol
Hojimurod Olimjonov - Yolg’iz ayol

Hojimurod Olimjonov - Yolg’iz ayol

648
0
202
Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Hojimurod Olimjonov
Перейти на страницу артиста
Текст: Hojimurod Olimjonov - Yolg’iz ayol:

Gul bossayam tikon kirar oyogʻiga,
Gʻiybatchilar toʻplanadi har yogʻiga.
Taom yesa zaxar tegar dudogʻiga,
Ich etini yeb oʻtadi yolgʻiz ayol.
Ich etini yeb oʻtadi yolgʻiz ayol.

Koʻcha-koʻyda emin-erkin yurolmaydi,
Suhbatini bemalolroq qurolmaydi. (2x)

Aybdorday shirin hayol surolmaydi.
Har daqiqa baxt kutadi yolgʻiz ayol. (2x)

Roʻzgʻorini kami toʻlsa biram xursand.
Bolasini kiyintirsa shuyam bir baxt. (2x)
Allohimdan najot kutar u hamma vaqt
Topganiga shukur qilar yolgʻiz ayol.
Topganiga shukur qilar yolgʻiz ayol.

Kulib turar yashirgancha dardlarini,
Inobatga olmas birov gaplarini.
Qayogʻdanam bilsin toʻkis dil qarini,
Mana shunday yashab oʻtar yolgʻiz ayol.
Mana shunday yashab oʻtar yolgʻiz ayol.
Mana shunday yashab oʻtar yolgʻiz ayol.

Читать далее Скрыть описание
Еще