Avazbek Soliyev, Gulasal - Ayollar

Avazbek Soliyev, Gulasal - Ayollar

1130
1
663
Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Avazbek Soliyev, Gulasal
Перейти на страницу артиста
Текст: Avazbek Soliyev, Gulasal - Ayollar:

Erni tushunmaysiz ayollar,
Yuritib ming turli hayollar,
Borida yetolmay qadriga,
Yo’g’ida chekasiz zavollar.
O’zingiz osmonga olasiz,
Kunda ming ohangga solasiz,
Oxir qolib bir baloga,
Bu ketishdan ersiz qolasiz.

Buncha-buncha noz qilasiz?
Ayting, ayting ayollar,
Kim uchun pardoz qilasiz?
Ayting, ayting, ayollar.
Jonga tegib surishni,
Ba’zida xom xayollar,
Qachon-qachon bas qilasiz?
Ayting, ayting, ayollar.

Sizlar zo’rsiz, sizlar oppoqsiz,
Faqat siz sho’x, o’yinqaroqsiz.
Qay ko’chada jonon ko’rinsa,
O’sha joyda yongan chiroqsiz.
Har ayolning nozi bo’ladi,
Noziga kim qozi bo’ladi?
Ikki qo’ldan chiqadi qarsak,
Har joyda tarozi bo’ladi.
Bir yaxshiga-bir yomon ,
Har joyda bor deydilar.
Kamchiligi bo’lmagan,
Yor qayda bor deydilar.
Er-u xotin urushi-
Doka ro’mol qurishi,
Buni hayot deydilar,
Buni ro’zg’or deydilar.

Ishga solib bor makringizni,
Oshirasiz ko’p narxingizni,
Ketib qolsa bittasi bilan,
Kimga aytasiz dodingizni?

Siz gul bering, yoki pul bering,
Ochiladi shuncha chehrasi,
Umid qilmang boshqa birovga,
Yorin berib qo’ymas bittasi.

Asli sizga biz keraksiz,
Sizga esa biz kerak.
Sizlar ila hayot qiziq,
Sizni deb urar yurak.
Qadrimizga yeting biz ham,
Qadringizga yetaylik,
Bizga azob kerak emas,
Bizga shirin baxt kerak.

Читать далее Скрыть описание
Еще