Murodjon Mashrabov - Do’stginam
Murodjon Mashrabov - Do’stginam
Видео:

Murodjon Mashrabov - Do’stginam

1755
2
1038
Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2020
Артисты
Murodjon Mashrabov
Перейти на страницу артиста
Текст: Murodjon Mashrabov - Do’stginam:

Yaproqlarga bitib she’r,
Shamollarga uzatdim.
Unga olib boring deb,
Yiroqlarga kuzatdim.

Shamollar izlar har dam,
Makoning qaysi maskan?
Aldab ketgan do’stginam,
Sog’-u salomatmisan?
Aldab ketgan do’stginam,
Sog’-u salomatmisan?

Yodingdamu bir paytlar,
Bizlar qadrdon edik.
Mol-u mulkim bor paytlar,
Bir tan-u bir jon edik.

Men qancha azob cheksam,
Nahot sen shuncha xursand?
Aldab ketgan do’stginam,
Sog’-u salomatmisan?
Aldab ketgan do’stginam,
Sog’-u salomatmisan?

Oqartirsa sochim g’am,
O’tinchim qilmay pispand,
Tashlab ketgan do’stginam,
Sog’-u salomatmisan?

Sen kuysang men yonardim,
Suyunsang quvonardim,
Do’stimligiz chin desang,
Men sodda ishonardim.

Shamollar izlar har dam,
Makoning qaysi maskan?
Aldab ketgan do’stginam,
Sog’-u salomatmisan?
Aldab ketgan do’stginam,
Sog’-u salomatmisan?

Читать далее Скрыть описание
Еще