Uzoqni ko’zlagan Vatandan uzoq,
Yillarcha kelmagan uyiga biroq,
Oilasin sog’ingan sabrli qiynoq,
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Yozni yoz, sovuqqa, sabrli bo’lgan,
Erta tong har kuni ishga shoshilgan.
Ko’zlari uyquni mutloq unutgan,
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Qo’llari qavargan oyoqlari zax,
Biri uy ba’zilar uylanay degan,
Niyati holisdir Ollohni suygan,
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Uyga oyida bir qo’ng’iroq qilsa,
Ko’zyoshin yashirib kulib gapirsa,
Qizini sog’inib, erkalab qo’ysa,
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Farzandin yoshligin boy berib qo’ygan,
Shu inson jannati o’zi bilmagan.
Bu qanday sinovki sabrli bo’lgan,
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Hattoki singlisin to’yin ko’rmagan,
Ukasi uylansa — to’yda bo’lmagan.
To’ylarni boshida ota turmagan,
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Uyida er turib musofir bo’lgan,
Ayollik sha’niga ko’zini yumgan,
Pul topib, qiynalib, uyga jo’natgan,
Musofir yurtlarning mard ayollari!
Onalar duoda kun-u tun kutib,
Farzandlar kutmoqda mehrsiz unib…
Maylida sog’ — omon qaytsangiz kulib,
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Sabrning hajri bor, sabrli bo’ling,
Oilangiz tinch-totuv, xotirjam bo’ling.
Ollohim asrasin sog’ omon qayting,
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Ishingiz ko’rinib pul topsangiz ham,
Uyingiz bitarkan uylansangiz ham.
O’tmishni unutmang boy bo’lsangiz ham,
Musofir yurtlarning musulmonlari,
Eh sha’ningiz sotmang ayol zotlari!