Sevsa Farhod Majnunda.
Ishqi doston bo’ladi.
Bizdek o’zbek yigitin,
Rashki yomon bo’ladi.
Ishqi yomon bo’ladi,
Rashki yomon bo’ladi.
Ishqi bilan rashki bor,
O’zbek o’g’lon bo’ladi.
Eslab Kumushbibini,
Yuragim qon bo’ladi.
Ibo hayoli go’zal,
Unga jonon bo’ladi.
Asrab yoru orini,
Onaga jon bo’ladi.
Opa-singil qadriga,
Ko’ksi qalqon bo’ladi.
Ishqi yomon bo’ladi,
Rashki yomon bo’ladi.
Ishqi bilan rashki bor,
O’zbek o’g’lon bo’ladi.(2x)
Omon bo’ling jon qizlar,
Sharqona nazokatda.
Ovro’pacha udumdan,
Qolmaylik hijolatda.
Atlas kiyib yursangiz,
Adras kiyib yursangiz.
Atlas kiyib yursangiz,
Adras kiyib yursangiz.
Mendek sardor yigitni,
Yuragidan ursangiz.
Ishqi yomon bo’ladi,
Rashki yomon bo’ladi.
Ishqi bilan rashki bor,
O’zbek o’g’lon bo’ladi.(2x)
Sevsa Farhod Majnunda.
Ishqi doston bo’ladi.
Bizdek o’zbek yigitin,
Rashki yomon bo’ladi.
Ishqi yomon bo’ladi,
Rashki yomon bo’ladi.
Ishqi bilan rashki bor,
O’zbek o’g’lon bo’ladi.(2x)