Yor-yorlar olib ketar seni bugun uyingdan,
Ko’zyoshlar to’kmagin, yig’lamagin to’yingda.
Oq libos yarashgan,seni go’zal xusningga,
Erka kelinchak bo’lgin ko’z tegmasin baxtingga.
Aldanma yolg’on bahonalarga begonalarga,
Ochgin yuzing mastonalarga, afsonalarga,
Solgin nazar bechoralarga, ishqdan pinhonalarga,
Kelin bo’lib borgin sen yaxshi ostonalarga.
Yor-yorlar olib ketar seni bugun uyingdan,
Ko’zyoshlar to’kmagin, yig’lamagin to’yingda.
Oq libos yarashgan seni go’zal xusningga,
Erka kelinchak bo’lgin ko’z tegmasin baxtingga.
Tong saharda atlas ko’ylak yaltiraydi yal-yal,
Qo’shni qizlar havas qilib o’tib ketar gal-gal.
Salom-salom kelinchak sizga, salom kelinchak,
Mahalla ko’y duo qilgan yuzli kelinchak.
Aldanma yolg’on bahonalarga, begonalarga,
Ko’zyoshlar to’kmagin, yig’lamagin to’yingda.
Oq libos yarashgan seni go’zal xusningga,
Erka kelinchak bo’lgin ko’z tegmasin baxtingga.
Yor-yorlar olib ketar seni bugun uyingdan,
Ko’zyoshlar to’kmagin, yig’lamagin to’yingda.
Oq libos yarashgan seni go’zal xusningga,
Erka kelinchak bo’lgin ko’z tegmasin baxtingga.(2x)