Sherbek Shodiyev - Vatan

Sherbek Shodiyev - Vatan

106
0
31

Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Sherbek Shodiyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Sherbek Shodiyev - Vatan:

Bobolari, momolari, o’g’il-qizlari,
Qosh-ko’zimga o’xshaydilar qosh-u ko’zlari,
Beshigimdek chizildilar shunda izlari,
Yuragimning tublarida qolgan Vatan bu.

Ulkan xalq bu bir tuproqda urug’-aymoqday,
Ming yillarki, yashab kelar joni o’ynoqday,
Taqdiri goh to’zg’ib ketgan momaqaymoqday,
Giyohlarning cho’plarida qolgan Vatan bu.

Ulug’im bizni farzandim deb, dardlari o’lib,
Bir ko’z bilan boqar bizga mehrga to’lib,
Atrofida tizilishdik mujgonday bo’lib,
Kipriklarning to’plarida qolgan Vatan bu.

Bir elki bu g’ayratidan quyosh ham shoshgan,
Qo’lni tiqsa tilla topgan, shuhrati oshgan,
Tayoq suqsa hosil olgan, rizq-ro’zi toshgan,
Dehqonlarning qoplarida qolgan Vatan bu.

Qizlaridan ortiqroq yorin so’rasa,
Yigitlarin qadami cho’g imkon so’rasa,
Ko’zga surtib tuprog’inu iymon so’rasang,
Yaxshilarning ho’plarida qolgan Vatan bu.

Ay og’alar, balki hali yoshman, g’oraman,
Lekin faqat yurt deganda elman, jo’raman,
Kim bo’lsam ham o’z yerimda bekman, to’raman,
Shajaramning to’plarida qolgan Vatan bu.

Bir elki bu g’ayratidan quyosh ham shoshgan,
Qo’lni tiqsa tilla topgan, shuhrati oshgan,
Tayoq suqsa hosil olgan, rizq-ro’zi toshgan,
Dehqonlarning qoplarida qolgan Vatan bu.

Ulug’im bizni farzandim deb, dardlar o’lib,
Bir ko’z bilan boqar bizga mehrga to’lib,
Atrofida tizilishdik mujgonday bo’lib,
Kipriklarning to’plarida qolgan Vatan bu.

Bir elki bu g’ayratidan quyosh ham shoshgan,
Qo’lni tiqsa tilla topgan, shuhrati oshgan,
Tayoq suqsa hosil olgan, rizq-ro’zi toshgan,
Dehqonlarning qoplarida qolgan Vatan bu.
Dehqonlarning qoplarida qolgan Vatan bu.
Vatanim bu.

Читать далее Скрыть описание
Еще