Sherbek Shodiyev - Uyqudagi go’zal
Sherbek Shodiyev - Uyqudagi go’zal

Sherbek Shodiyev - Uyqudagi go’zal

102
0
45

Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Sherbek Shodiyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Sherbek Shodiyev - Uyqudagi go’zal:

Bodom ko’zlar yumuq aldamchi,
Kipriklarki nozli suzilgan.
Qochmoqqa shay quloqlar jajji,
Burun qalam bilan chizilgan.

Qoshlar go’yo turna qanoti,
Xomush lablar xiyol yumilgan.
Marvaridlar og’iz bisoti,
Kulgichlarda quyosh cho’milgan.

Uyqudagi go’zal, uyqudagi go’zal,
Go’zallar ichinda barnosan go’zal.
Uyqudagi go’zal, uyqudagi go’zal,
Go’zallar ichinda a’losan go’zal.

Qora dengiz sochlar to’lg’onib,
Qamal qilgan oppoq yelkani,
Erinasan go’zal uyg’onib,
Men sho’rlikdan xato ko’rgani.

Ta’riflashga ojizdir ko’cha,
O tabiat, senda bor o’chi,
Ayta oldim qo’sh anorgacha,
Eh qolganiga yetmadi kuchim.

Uyqudagi go’zal, uyqudagi go’zal,
Go’zallar ichinda barnosan go’zal.
Uyqudagi go’zal, uyqudagi go’zal,
Go’zallar ichinda a’losan go’zal.

Читать далее Скрыть описание
Еще