Yurak senga qiyin,
Otilgan har tosh.
Avval menga emas,
Senga tegadi.(2x)
Bilmadim toshdanmi,
Sendagi bardosh.
Bilmadim bu jonim,
Sensiz netadi.(2x)
Erib ketsin toshlaring,
Tugab qolsin yoshlaring,(2x)
Azoblanding ey yurak,
Tugadi bardoshlaring.
Azoblanding qushgina,
Tugadi bardoshlaring.
Aytgin nima topding,
Bu tor qafasda?
Oromni bilmaysan,
Ko’p yildan buyon.(2x)
Men esa yonaman,
Seni dardingda.
Sen esa dardingni,
Tutarsan pinhon.
Erib ketsin toshlaring,
Tugab qolsin yoshlaring,(2x)
Azoblanding ey yurak,
Tugadi bardoshlaring.
Azoblanding qushgina,
Tugadi bardoshlaring.
Menga hayot shirin,
Ey yurak bilsang.
Ammo senga tegar,
Menga kelgan o’q.
Menga hayot shirin,
Qushginam bilsang.
Ammo senga tegar,
Menga kelgan o’q.
Faqat imkoning yo’q,
Qochmog’ingga hech.
Uchib ketay desang,
Qanoatlaring yo’q.(2x)
Erib ketsin toshlaring,
Tugab qolsin yoshlaring,(2x)
Azoblanding qushgina,
Tugadi bardoshlaring.
Azoblanding ey yurak,
Tugadi bardoshlaring.
Tugadi bardoshlaring,
Xey yuragimey…