Meni tunlar ayladi bedor, Sog’inib chekaman yana ozor.
Hayolimni o’ziga bog’lab, olgan yor Muyassarxon.
Oy misoli sochadi yog’du, Sochi sunbul ko’zlari ohu
Yuragimga malika bo’lib, saylangan yor Muyassarxon.
Yo’q dema endi.
Yorim bo’l Muyassarxon. Yo’q dema Muyassarxon.
Seni baxtiyor qilay Muyassarxon, Muyassarxon
Qayda bo’lsang boraman, Dardim senga yoraman,
Ishqingda devona bo’lgan, oshiqu bechoraman.
Muxabbatim rad etma, Kelgin intizor etma,
Boshqani sevmaymanu, yonimdan bir zum ketma.
Yo’q dema endi.
Yorim bo’l Muyassarxon, Yo’q dema Muyassarxon.
Seni baxtiyor qilay, Muyassarxon, Muyassarxon.
* * *
Ko’chamizdan o’tarsaney yuragimni yoqib-yoqib,
Poshnangni taqillatib barmoqlaring shaqillatib.
Bunchalar go’zalsaney qaysi bog’da o’sgansaney,
Bir qarab yuragimni sochlaringga oskansaney.
Gule-gule gulimo, jone-jone jonimo,
Mani qiynash senga foyda bo’lamo.
Sanam-sanam sanamo, qoshing qora qalamo,
Yor bo’lmasang qilar yomon alamo.
Boqaman sarak-sarak bo’lmadi sendan darak,
Men o’zim to’ppa-to’g’ri uylaringga borsam kerak.
Kerak emas dunyo sen menga bir dunyo,
Yor bo’lmaganingcha endi tinchimasam kerak.
Gule-gule gulimo, jone-jone jonimo,
Mani qiynash senga foyda bo’lamo.
Sanam-sanam sanamo, qoshing qora qalamo,
Yor bo’lmasang qilar yomon alamo.
Orzularim ushaltirib ko’rganlarni kuydirib,
Kel yorim quchog’ima yana-yanada suydirib.
Mayli parvonang bo’lay seni yaxshi, yomon bo’lay,
Cholu kampir bo’lganda ham yoningda o’zim bo’lay.
Gule-gule gulimo, jone-jone jonimo,
Mani qiynash senga foyda bo’lamo.
Sanam-sanam sanamo, qoshing qora qalamo,
Yor bo’lmasang qilar yomon alamo.
* * *
Bir go’zalni sevib yurak dardda xola, katta xola
Bu dardimga ayting davo qatta xola, katta xola
Go’zal meni sinayversa, hijronida qiynayversa,
Kechaymi yo shu go’zaldan shartta xola, katta xola
Qiz tushmagur qiynayversa qiyin ekan, jon xola
Menday yigit ishqi unga o’yin ekan, jonim xolam
Olma bersam olmadiya endi bilsam
O’y hayoli yangi moda kiyim ekan, shunaqa ekan,
Modalari kuyib ketsin o’tda xola, katta xola
Menga tandir to’la kuchla yopib bering, jon xola
O’rtasiga sedanalar sepib bering, shunaqa xola
Tanlaganim o’ylayversa hijronida qiynayversa
O’zingizga o’xshaganin topib bering.
Yuragimni tutay unga shartta xola, katta xola
* * *
Yolg’on muxabbat aldadi meni
Ohir armonda qoldirdi meni
Jondan o’tdi ozoring,
Qumsar dilni humoring.
Yuragimga sanchilgan,
Seni husni jamoling.
Biqir biqir biqir biqir,
Azobingni ko’p etma.
Ohe ohe — qiqir qiqir,
Yuragim yulib ketma.
Yonadi dilim mani,
Ozorda jonim mani,
Seni seni qumsab yana,
Adomane jonim.
Biqir biqir biqir biqir,
Azobingni ko’p etma.
Ohe ohe — qiqir qiqir,
Yuragim yulib ketma.
* * *
Tezroq chaqir!
Laylo opang qani? Zuhro opang qani?
Jinni qildi sani opang mani
Barno opang qani? Zebo opang qani?
Tentak qildi sani opang mani