Bahriddin Zuhriddinov - Yosh oila

Bahriddin Zuhriddinov - Yosh oila

97
0
34

Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Bahriddin Zuhriddinov
Перейти на страницу артиста
Текст: Bahriddin Zuhriddinov - Yosh oila:

Bu beshik tagida yig’lar muxabbat,
Yig’laydi qadrini topmagan mehnat,
Kecha to’yxona uy bugun g’amxona,
Achchiq-achchiq suxbat achchiq dard.

Hayotni o’yinchoq qilgan ikki yosh,
Bo’lishib besabr bo’lishib bebosh,
Oiladek aziz qo’rg’onni toptab,
Bir-birisiga otayabdi tosh.

Yig’lagan ko’zga yosh beraveradi,
Baxt so’raganga hayot kulaveradi.
Muallim hayot har narsani biladi.
Taqdir zarbidan kuyganlar,
Sevgisin uvol qilganlar,
Be aql sevishganlarga dars bo’ladi.

Essiz dabdabali o’tgan to’ylari,
Essiz koshonadek bitgan uylari,
Hamma adovatda, hamma arazda,
Ko’chada qaynaydi uyning sirlari,

Sizga pushaymonning toshi kerakmi?
Yetim farzand yoki ko’z yoshi kerakmi?
Ko’rgan kuni qursin yolg’iz ayolning,
Sabr bilan toping chiroyli baxtni.

Yig’lagan ko’zga yosh beraveradi,
Baxt so’raganga hayot kulaveradi.
Muallim hayot har narsani biladi.
Taqdir zarbidan kuyganlar,
Sevgisin uvol qilganlar,
Be aql sevishganlarga dars bo’ladi.

Rixsligoy Xotamova so’zi
Bahodir Nizamov musiqasi

Читать далее Скрыть описание
Еще