Aka-uka Farhodovlar - Yor-yor aytilsin
Aka-uka Farhodovlar - Yor-yor aytilsin

Aka-uka Farhodovlar - Yor-yor aytilsin

149
1
104

Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2020
Артисты
Aka-uka Farhodovlar
Перейти на страницу артиста
Текст: Aka-uka Farhodovlar - Yor-yor aytilsin:

Muhabbat olamin ixtiyor etgan,
Beg’ubor bolalik kunlari o’tgan,
Uyiga termulib yig’isin yutgan,
Mungli ko’zlaridan yoshlar artilsin,
Bir qizga bir bora yor-yor aytilsin.
Bir qizga bir bora yor-yor aytilsin.

Ertaklar tinglagan sokin kechalar,
Onaizor yopib bergan kulchalar,
Ota uyda o’tgan shirin lahzalar,
Yodi mayli ko’ksim tilkalab tilsin
Bir qizga bir bora yor-yor aytilsin.
Bir qizga bir bora yor-yor aytilsin.

Momolardan meros azaliy zamon,
Liboslari go’zal sarvi xiromon,
Hurkib boqqan misli ohuday har yon,
Kelin kelar yo’lga gullar sochilsin,
Bir qizga bir bora yor-yor aytilsin.

Quyi solib yuzin vidolashgan on
La’li lablaridan kelmasdan zabon,
Bo’rtgan yuzlarida tizilgan marjon,
Qiz sepi karvoniga tugal ortilsin,
Bir qizga bir bora yor-yor aytilsin.
Qiz sepi karvoniga tugal ortilsin,
Bir qizga bir bora yor-yor aytilsin.

Bir qizga bir bora yor-yor aytilsin.
Ey, bir qizga bir bora yor-yor aytilsin.

Читать далее Скрыть описание
Еще