Sanjar Usmonov - Sevmaganlar
Sanjar Usmonov - Sevmaganlar

Sanjar Usmonov - Sevmaganlar

116
0
54

Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Sanjar Usmonov
Перейти на страницу артиста
Текст: Sanjar Usmonov - Sevmaganlar:

Kezar sovuq ko’chalar-yu bozori,
Hech kimga bo’lmay qoladi dilozori, ozori.
Har qo’llarda uning dutori,
To qolmaguncha uning tanda madori, madori.

O’tar har kunim qiynog’-u ozorlarida,
Yuvar orzularimni u saroblarida, saroblarida.
Ko’ngil berganlariga berolmay ko’ngil,
O’tkazadi har tunini u azobda, azobda.

Bo’linadi, bo’linadi so’zlari,
To’kiladi, to’kiladi yoshlari,
Egiladi, egiladi bo’ylari.
Sevilib, sevmaganlar.
Sevilib, sevmaganlar.
Sevilib, sevmaganlar.

Ko’zlarini ko’rib ko’zguda tushunmas,
Bunday jazo yo’q men uchun,
Men uchunmas, uchunmas.
Muzlar quchar quchganida yor quchog’i,
Taqdiriga tan yonar ko’ngil o’chog’i, o’chog’i.

Bu dardim gunoh bo’lsa, gunohi menda,
Lekin yashaysiz ardoq bilan pok dilimda, dilimda.
Men ham sizdek azoblanib sevgim kelar,
Muhabbatning zardobidan totgim kelar, kelar.

Bo’linadi, bo’linadi so’zlari,
To’kiladi, to’kiladi yoshlari,
Egiladi, egiladi bo’ylari.
Sevilib, sevmaganlar.
Sevilib, sevmaganlar.
Sevilib, sevmaganlar.

Sevilib, sevmaganlar.
Sevilib, sevmaganlar.
Sevilib, sevmaganlar.

Читать далее Скрыть описание
Еще