Sanjar Usmonov - Yoshligim
Sanjar Usmonov - Yoshligim

Sanjar Usmonov - Yoshligim

111
0
38

Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Sanjar Usmonov
Перейти на страницу артиста
Текст: Sanjar Usmonov - Yoshligim:

O manim, o manim, o manim yoshligim,
O mani, mani beboshligim.
Sog’inib, sog’inib, sog’inib eslasam,
Esga tushar qalamqoshligim.

O’sha tanish ko’chalarning yo’lida,
Yurar edik nimalarni o’yida,

Do’stlar bilan to tungacha kezardik,
Sho’xlik qilib mahallamiz bo’yida. (2x)

O manim, o manim, o manim yoshligim,
O mani, mani beboshligim.
Sog’inib, sog’inib, sog’inib eslasam,
Yodga tushar qalamqoshligim.

Ko’rmoq uchun go’zallarni yuzlarini,
O’zimizcha sevib qolib ko’zlarini,

Asta-sekin ulg’ayib ham qolgandik,
Parvo qilmay ota-ona so’zlarini.(2x)

Yurib tor ko’chalarning yo’lida,
O’ynab-kulib odamlarning to’yida,
Do’stlar bilan sahargacha kezardik,
Qo’shni mahallalarning bo’yida.

O manim, o manim, o manim yoshligim,
O mani, o’n sakkizda yoshligim.
Sog’inib, sog’inib, sog’inib eslasam,
Yodga tushar qalamqoshligim.

Bog’ oralab qo’l ushlashib yurganimiz,
Esingdami sevgi izhor qilganimiz,

Bir umrga muxrlanib qolarkan,
Yoshlik chog’i ko’rgan barcha kunlarimiz.(2x)

Ketmoqdamiz bu hayotning yo’lida,
Yonib-kuyib nimalarning kuyida,
Endi qo’msab, faqat esga olarmiz,
Yurib mahallalarning bo’yida.
Endi do’stlar bilan esga olarmiz,
Yurib mahallalarning bo’yida.

O manim, o manim, o manim yoshligim,
O’tdi-ketdi beboshligim.
Sog’inib, sog’inib, sog’inib eslasam,
Yodga tushar qalamqoshligim.

Читать далее Скрыть описание
Еще