Indira - Musofir
Indira - Musofir

Indira - Musofir

999
2
381
Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Indira
Перейти на страницу артиста
Текст: Indira - Musofir:

Uzoq yurib holdan toyganlar,
Vatanidan yiroq yurganlar,
Ayriliqdan jafo chekkanlar,
Onangizni sog’inmadizmi?
Onangizni sog’inmadizmi?

Tirikchilik toshdan qattiqmi?
Topganingiz baraka, qutmi?
Uyingizda halovat yo’qmi?
Bolangizni sog’inmadizmi?
Bolangizni sog’inmadizmi?

Ro’zg’or deya tinim bilmaysiz,
O’zga yurtda ishlab, tinmaysiz,
Bir ketganda yillab kelmaysiz,
Uyingizni sog’inmadizmi?
Uyingizni sog’inmadizmi?

Sizga taqdir kulmadi uyda,
Har kuningiz o’zga makonda,
Yurt sog’inchi juda yomonda,
Yurtingizni sog’inmadizmi?
Yurtingizni sog’inmadizmi?

Duo qilar sizni har lahza,
Yegan oshi sizsiz bemaza,
Dilda iymon niyati toza,
Otangizni sog’inmadizmi?
Otangizni sog’inmadizmi?

Yo’lingizni mushtoq kutadi,
Alamlarni ichga yutadi,
Sizni o’ylab o’zdan kechadi,
Yoringizni sog’inmadizmi?
Yoringizni sog’inmadizmi?

Читать далее Скрыть описание
Еще