Biz baxtli bo‘lolmadik, ayt ne sabab?
Gap so‘zlardan yo‘q qocholmadik ayt kim sabab?
Biz baxtli bo‘lolmadik, ayt ne sabab?
Yolg‘onlardan biz qocholmadik, ayt kim sabab?
Yuragimni yulib tashlasam,
Endi isming boshqa aytmasam,
Sevgimizni ko‘mib tashlasam,
Bu mavzuga boshqa qaytmasam.
Meni endi esingdan chiqar,
Hammasiga ko‘z yumdik yetar,
Ajralsak biz kimlardir yutar,
Yaralangan ko‘ngil qachondur bitar.
Mayli sen yaxshi yasha, men esa yomon,
Yig‘lama, sevaman seni men hamon.
Tosh otganga tosh otaymi, yo quyoshdek jim botaymi,
Sevgimizda bo‘lsa gar gumon.
Yuragimni yulib tashlasam,
Endi isming boshqa aytmasam.
Sevgimizni ko‘mib tashlasam,
Bu mavzuga boshqa qaytmasam.