Do’stlarim hiylasiga aldanib qolib,
Yuragim yondiyu yonmadim ona.
Boshim urilganda devorga borib,
Ularday maqsadimdan tonmadim ona.
Jigarlarim ranjitdilar arzimaslar deb,
Men ularga zardalar qilmadim ona.
Kimlar dushmanligin oldimku bilib,
Kimlar do’stligini bilmadim ona.
Onam, ularga siz ayting onam,
Tizzada tursamam, yelkam yerga tegmaydi
Onam, ularga siz ayting onam,
Kamina yaratgandan o’zgasiga bo’yin egmaydi.
Bir umr birga dardlarni yengamiz dedi,
Ammo bir ozgina dardlarimni olmadi ona.
Oilamga oilangiz teng emas dedi
Sevgiga zarracha ham ishonchim qolmadi ona.
Yo’llarimni to’sishdilar oshib o’tdim,
Oyog’imdan chalishdilar yiqilmadim ona.
Yo’llarimni tor qildilar toshib o’tdim,
Shukur yaratgan qo’llar tiqilmadim ona.
Onam, ularga siz ayting onam,
Tizzada tursamam yelkam yerga tegmaydi
Onam, ularga siz ayting onam .
Kamina yaratgandan o’zgasiga bo’yin egmaydi.