Aybdorman,
Xonamni bir burchagida
O‘tirishimga, suratlaringga qarab,
Zulmatdir man taraf.
Sog’ingan bo’lsamda, yuragimni yoqadi,
Kulib tushgan suratlaring,
Menam qiynardim ammo… yolg’onni bilmayman!
Qo’yilmas jur’atlaringgaaaa….
Urinaman,
Uzulgan iplarni qayta tiklashga,
Ammo, doim aksidek ko‘rinaman.
Urunaman,
Dardlardan qochib qutulishga,
Ammo, doim quvonchning oxirgi o‘riniman.
Qo’llaring uzat,
Menga qo’llaring uzat.
Cho’kaman qayg’ular dengizi tubiga
Judayam keraksan hozir.
Qo’llaring uzat,
Menga qo’llaring uzat.
Cho’kaman qayg’ular dengizi tubiga
Yokida indamay kuzat.
Aybdorsan,
Xonangni bir burchagida o’tirishingga,
Suratlarimga qarab,
Zulmatdir san taraf
Sog’ingan bo’lsangda,
Azoblash uchun meni,
O’zingdanam battar qilib yara,
Suratlarga u bilan tushasan
Sochlaring har yon tarab.
Urunasan,
Uzilgan iplarni qayta tiklashga,
Ammo, doim aksidek ko’rinasan.
Urunasan,
Dardlardan qochib ketishga,
Ammo, quvonchni doimgidek
Oxirgi urinasan.
Qo’llaring uzat,
Menga qo’llaring uzat.
Cho’kaman qayg’ular dengizi tubiga,
Judayam keraksan hozir.
Qo’llaring uzat,
Menga qo’llaring uzat.
Cho’kaman qayg’ular dengizi tubiga,
Yokida indamay kuzat.