Meni hech hech qachon,
Sizchalik suymas.
Ona sizsiz hech nima,
Ko’nglimga sig’mas.
Tirnog’imning uchi sinsa,
Kuyungan onam.
Bir ozgina yutug’imga,
Suyungan onam.
Hayot o’yin emas,
Gapirmoq oson.
Shodligu tashvishda ,
Yasharkan inson.
Meni ulg’aytguncha,
Har lahza, har on,
Ne kunlarni boshdan o’tkazgan onam.
Meni ulg’aytguncha,
Har lahza, har on,
Ne kunlarni boshdan o’tkazgan onam.
Meni hech hech qachon,
Sizchalik suymas.
Ona sizsiz hech nima,
Ko’nglimga sig’mas.
Tirnog’imning uchi sinsa,
Kuyungan onam.
Bir ozgina yutug’imga,
Suyungan onam.
Bearmon yurishim,
Onam tufayli.
U bilan hayotim,
Nurli, chiroyli.
Zarga burkanmayin,
Yashayin mayli.
Dunyo turgunicha,
Turing jon onam.
Meni yaqin ko’rganlar uzoq dilimga,
Ko’nglim qolib chetda qarar qo’limga,
Bir zot chindan ko’zin tikar yo’limga,
Bolam deb bag’rini keng ochgan onam.
Meni hech hech qachon,
Sizchalik suymas.
Ona sizsiz hech nima,
Ko’nglimga sig’mas.
Tirnog’imning uchi sinsa,
Kuyungan onam.
Bir ozgina yutug’imga,
Suyungan onam.
Suyungan onam…