Elyor To'ychiyev - Do’st emas
Elyor To'ychiyev - Do’st emas

Elyor To'ychiyev - Do’st emas

229
0
140

Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2019
Артисты
Elyor To'ychiyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Elyor To'ychiyev - Do’st emas:

Taslim bo’lma hayotning,
Sinovi ko’p azaldan.
«Dunyo qolgan Iskandar»
Degan eski masaldan.

Chayon nomi chayondur,
Suv uchmaydi asaldan,
Bilsang ota-onangdan,
Lek boshqasi do’st emas.

Poyezd sari barobar,
Umr tilab yotganlar.
Tuzingni yeb ortingdan,
Buriliboq sotganlar.

G’iybatingni qilib goh,
Gunohlarga botganlar.
Soxta kulib qo’lingga,
Sharob tutgan do’st emas.

O-o-o , do’st emas, do’st emas,
O-o-o , do’st emas, do’st emas.

Men umrimni alishdim,
Orzu degan xayolga.
Umrim yonib ketmasmu,
Nega degan savolga.

Baxtni qadr-u qimmati,
Qolmadimi uvolga?
Harxashasi kamalak,
Ko’ngil degan do’st emas.

Ishq go’shangni loy dedi,
Tuproq dedi tonmadim.
Oh urdimu ichimda,
Alangada yonmadim.

Boda tuting qancha ko’p,
Ichaverib qonmadim.
Yuragimda yurak yo’q,
Yuragingiz do’st emas.

O-o-o , do’st emas, do’st emas,
O-o-o , do’st emas, do’st emas.

Soxta kulib qo’lingga,
Sharob tutgan do’st emas.
Yoring uchun yor bo’lgan,
Yolg’onchilar do’st emas.

Yaxshi-yomon kuningda,
Yoningda birga bo’lgan.
Ol tovog’im, kel tovog’im,
Demaydiganlar do’stdir.

O-o-o , do’st emas, do’st emas.
O-o-o , do’st emas, do’st emas.
O-o-o , do’st emas, do’st emas.
O-o-o , do’st emas, do’st emas.

Читать далее Скрыть описание
Еще