Gullardanda go’zal inson,
Beg’uborim mehri osmonim,
Qadrdonim, yaqin insonim,
Sizni Alloh uchun yaxshi ko’raman.
Oramizdan qolsada gaplar,
Burushsada ne yuz, ne aftlar,
Buzilmasin tizilgan saflar,
Sizni Alloh uchun yaxshi ko’raman.
Yaxshi ko’raman, yaxshi ko’raman,
Sizni Alloh uchun yaxshi ko’raman.
Yaxshi ko’raman, yaxshi ko’raman,
Sizni Alloh uchun yaxshi ko’raman.
Bu muhabbat dunyo uchunmas,
Yo shunchaki riyo uchunmas,
Islom sharobidan bo’ldim mast,
Sizni Alloh uchun yaxshi ko’raman.
Faqat dilda iymon hurmati,
Chaqiryotgan azon hurmati,
O’ttiz pora Qur’on hurmati,
Sizni Alloh uchun yaxshi ko’raman.
Yaxshi ko’raman, yaxshi ko’raman,
Sizni Alloh uchun yaxshi ko’raman.
Yaxshi ko’raman, yaxshi ko’raman,
Sizni Alloh uchun yaxshi ko’raman.
Oyimiz bir, oftobimiz bir,
Sunnatimiz, salobimiz bir,
Ko’kdan tushgan kitobimiz bir,
Sizni Alloh uchun yaxshi ko’raman.
Quvonaman yorim desangiz,
Yuzingizda nur bor kulsangiz,
Samimiy aytaman bilsangiz,
Sizni Alloh uchun yaxshi ko’raman.
Yaxshi ko’raman, yaxshi ko’raman,
Sizni Alloh uchun yaxshi ko’raman.
Yaxshi ko’raman, yaxshi ko’raman,
Sizni Alloh uchun yaxshi ko’raman.