Bugun yana ko‘rdim seni,
Lek ko‘zingda ko‘rmadim ma‘no.
Ko‘p yig‘lading urinding ammo,
Demoqchiday menga alvido.
Bugun yana ko‘rdim seni,
Bir so‘z aytib qalbimni tilma.
Jonim olsang, olgin iltimos,
Faqat yorim alvido dema.
Alvido dema, dardlarim tingla,
Baxtli bo‘larman axir seningla,
Olib qocharsan o‘zingni nega?
Yoqarsan jonim, yoqarsan menga.
Alvido dema, dardlarim tingla,
Baxtli bo‘larman axir seningla,
Olib qocharsan o‘zingni nega?
Yoqarsan jonim, yoqarsan menga.
Sevgandim men seni ko‘zlaring uchun,
O‘sha yoqimli so‘zlaring uchun,
Ishonmayman deb sevgimni rad etma,
Ey go‘zal yorim, meni tark etma.
Yuzlari oyim, sochlari qaro,
Qilmagin meni vaslingdan judo,
Sensiz dunyoda yo‘q menga ma‘no
Axir sevganim o‘zingsan tanho.
Alvido dema, dardlarim tingla.
Baxtli bo‘larman axir seningla ,
Olib qocharsan o‘zingni nega?
Yoqarsan jonim, yoqarsan menga.
Alvido dema, dardlarim tingla.
Baxtli bo‘larman axir seningla ,
Olib qocharsan o‘zingni nega?
Yoqarsan jonim, menga.