Hamon o’sha chiroy, o’sha tabassumlar,
Yillar o’tsa hamki o’zgarmagandi ular,
O’tib borar yonimdan o’zgasi bilan.
Hamon o’sha nigoh bilan qarab turar,
Tanimaganday u jimgina o’tib ketar,
Ayrilmaymiz degandi bugun boshqa bilan.
Qora qoshlar, qora ko’zlar, O’zgasiga bugun boqar.
Shirin so’zlar menga edi,
Endi esa mendan boshqa
Tunlar tinglar.
Qora qoshlar, qora ko’zlar, O’zgasiga bugun boqar.
Shirin so’zlar menga edi,
Endi esa u ham endi
Tunlar tinglar.
Jim bo’lib harakatsiz qoldim,
Yuzma-yuz ko’rib azoblarga cho’kdim,
Aniq u emas deb o’zimni aldab,
Lekin yuragimni ishontira olmadim.
Ha, kulib qo’yamanda axir,
Xizmatdan kelgunimcha kutmabdida taqdir,
Yolg’onlarga ko’milib yashabman,
Meni kutadi deb xato o’ylabman.
Hamon o’sha nigoh bilan qarab turar,
Tanimaganday u jimgina o’tib ketar,
Ayrilmaymiz degandi bugun boshqa bilan.
Qora qoshlar, qora ko’zlar, O’zgasiga bugun boqar.
Shirin so’zlar menga edi,
Endi esa mendan boshqa
Tunlar tinglar.
Qora qoshlar, qora ko’zlar, O’zgasiga bugun boqar.
Shirin so’zlar menga edi,
Endi esa u ham endi
Tunlar tinglar.