Bizni sevgimizdan unardi bu yurak,
Afsus bugun yurak gʻamgin unga faqat sen kerak.
Koʻzlaringda yashiringan muhabbatimning siri,
Bu qandayin dard ekan azobli hamda shirin.
Aybim seni sevganimmi,
Sen deb yonib kuyganimmi,
Bilolmayin men sarsonman,
Sensizlikda sargardonman. (2x)
Meni tashlab sen ketarsan,
Ketarsan manziling tomon.
Oʻzga boʻldim oʻzimga ham,
Oʻzgaga ketganing zamon. (2x)
Nechun meni yolgʻiz qoldirding,
Xijron azobida yondirding.
Aybim seni sevganimmi?
Sen deb yonib kuyganimmi?
Bilolmayin men hayronman,
Sensizlikda sargardonman. (3x)