G’ayrat Usmonov - Azizlarim
G’ayrat Usmonov - Azizlarim

G’ayrat Usmonov - Azizlarim

562
0
141
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
G’ayrat Usmonov
Перейти на страницу артиста
Текст: G’ayrat Usmonov - Azizlarim:

Bu o’lkaning fayzi bo’lak, deydilar,
Bahori-yu yozi bo’lak, deydilar.
Bu o’lkaning fayzi bo’lak, deydilar,
Bahori-yu yozi bo’lak, deydilar.
Insonlarin lafzi bo’lak deydilarey,
Har hofizin sozi bo’lak deydilar.
Insonlarin lafzi bo’lak deydilarey,
Hofizlarin sozi bo’lak deydilar.
Hofizlarin sozi bo’lak deydilar.

Goho yurdim yo’llarimdan adashib,
Kunlarim ham qoldi tunga almashib,
Goho yurdim yo’llarimdan adashib,
Kunlarim ham qoldi tunga almashib,
Otamdayin yosh boshimni silashib,
Azizlarim mehribonim bo’ldilar.
Otamdayin yosh boshimni silashib,
Azizlarim mehribonim bo’ldilar.

Bu boshimga shum savdolar tushganda,
Yorim ruhi osmonlarda uchganda,
Bu boshimga shum savdolar tushganda,
Yorim ruhi osmonlarda uchganda.
Farzandlarim onam deya kutganda,
Azizlarim sabr qilgin dedilar.

Karvon ko’pu rizqi bo’lak deydilar,
San’atda ham mardlar g’olib deydilar,
Hasadgo’ylar ich-etini yeydilar,
Azizlarim chin san’atni suydilar,
Azizlarim chin san’atni suydilar.

Bu o’lkaning fayzi bo’lak deydilar,
Bahori-yu yozi bo’lak deydilar…

Читать далее Скрыть описание
Еще