Yog’ayotgan yomg’irmi, qormi?
Qor ostida qolgan bahormi?
Sensiz dunyo shunchalar tormi?
Yana bo’zlar bo’ldi yuragim.
Sensiz dunyo shunchalar tormi?
Yana bo’zlar bo’ldi yuragim.
Shamday yonib, shamday o’chdimmi?
Sarvinozim, mendan kechdingmi?
Endi senga men ham hech kimmi?
Yana bo’zlar bo’ldi yuragim.
Endi senga men ham hech kimmi?
Yana bo’zlar bo’ldi yuragim.
Yana, yana, yana, yana mendan kechdingmu?
Sarvinozim, mendan kechdingmu?
Yana, yana, yana, yana mendan kechdingmu?
Sarvinozim, mendan kechdingmu?
Yog’ayotgan yomg’irmi, qormi?
Bir jonimga shuncha ozormi?
Bu dunyoda do’stim ham bormi?
Armonlarga to’ldi yuragim.
Bu dunyoda do’stim ham bormi?
Armonlarga to’ldi yuragim.
Bu yerlarda netgayman endi,
Sahrolarga ketgayman endi,
Seni kuylab o’tgayman endi,
Dostonlarga to’ldi yuragim.