Sherbek Shodiyev - Oqibat

30838
735
Информация о видео:
Артисты
Sherbek Shodiyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Sherbek Shodiyev - Oqibat:

O’g’ilning otaga mehri yo’q, qarang,
Akaning ukaga qadri yo’q, qarang.
Qorindan talashib tushgan jigarlar,
Onasin yo’qlashga vaqti yo’q, qarang.

Sizlarga ne bo’ldi, odamlar bugun?
Orada oqibat yo’qoldi nechun?
Boshingga qo’nganda davlat qush, omad,
Atrofingda to’lar soxta do’st, ulfat.

O’likmi, tirikmi, deb bir yo’qlamas,
Yelkangga ozgina tushganda kulfat.
Nahotki, sotarlar do’stin pul uchun?
O’rtada oqibat yo’qoldi nechun?

Jon qo’shning yilda bir olmasa xabar,
Yaqinlar chet elda yursa darbadar,
Jigaring ozgina yaxshilik qilib,
Salomni minnatdan boshlasa agar.

Onaga talpingan go’dakdek shogird,
Ulug’ ustozining ta’limin olib,
Sal o’tmay raqobat tishlarin qayrar,
Ustozning bor ilmin egallab bo’lib.

Nahotki mol dunyo odamdan ustun?
Orada oqibat yo’qoldi nechun?
Bu millat mehrdan qaddin rostlagan,
Vatanning yuziga oyoq bosmagan.

Sayyohlar atayin ko’rib ketardi-
O’zbek darvozaga zanjir osmagan.
Oh qulflar osildi, qalbda qardoshin,
Orada oqibat yo’qoldi nechun?

Bir iflos manmanlik bulg’abdi ichin,
Ado etolmabdi qasamin, burchin,
Ey Ahad, besh kunlik dunyo o’tkinchi,
Yashamoqdan ma’no nedur aytginchi?

Hayvondek nafs quvsa inson bolasi,
Vijdon kuyib ketsa, dilning tayanchi.
Hech kim bo’lolmaydi dunyoga ustun,
Orada oqibat yo’qoldi nechun?

Sevgan oshiqlarda vafo qolmadi,
Yoshlar muhabbatning darsin olmadi,
Erkakmijoz ayollarning yuzini,
Ayolmijoz erkaklar ko’rolmadi.

Sezolmadilar libosda ichin,
O’rtada oqibat yo’qoldi nechun.

Читать далее Скрыть описание
Еще