Nodirbek Mo'minov - Tanishlarim ko’p
Nodirbek Mo'minov - Tanishlarim ko’p

Nodirbek Mo'minov - Tanishlarim ko’p

6994
55
2957
Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Nodirbek Mo'minov
Перейти на страницу артиста
Песни Nodirbek Mo'minov:
Нет песен
Текст: Nodirbek Mo'minov - Tanishlarim ko’p:

Qashqirday tikilib, sovuq ko’z yonib,
Boshqa tashvish tushsa tez mendan tonib,
Xudo amal bersa yana uyalmay kulib,
Eshigimdan kirib kelar tanishlarim ko’p.

Qaniydi ko’rmasam bevafolarni,
Tuzalmas tulkiday bedavolarni,
Kecha birov bilan ahdlashib turib,
Bugun menga ko’zin qisgan jononlarim ko’p.

Aka debon etakdan tutib,
Salgina omaddan o’zidan ketib,
Agar iloji bo’lsa butunlay yutib,
Yuboraman degan ukalarim ko’p.

O’zi undoq edi, bundoq bo’pqopti,
Qo’llari uzoqlarga yetmasdan qopti,
Yo’q joydan bor deya ayblarim topdi,
Ortimdam so’zlovchi insonlarim ko’p.

Ko’p, g’iybatimni tindirmaganlar,
Ko’p, omadimni ko’rolmaganlar,
Ko’p, to’qligimda davron surganlar,
Ko’p, yo’qchilikda yuzin burganlar.

Bir tarafda do’stlarim, birda dushmanlar,
Biri yuksal der, biri yiqilishim kutarlar,
Sizlarkim insonsiz, men kabi inson,
Mening kelajagimni yaratgan bilar.
Sendan iltijoyim, sendan o’tinchim,
Dildagi dardimni bilmasin hech kim,
Yuzim shuvit qilma xalqning oldida,
O’zing to’g’ri yo’lni ko’rsat, xudoyim.

Ko’p, g’iybatimni tindirmaganlar,
Ko’p, omadimni ko’rolmaganlar,
Ko’p, to’qligimda davron surganlar,
Ko’p, yo’qchilikda yuzin burganlar.

Читать далее Скрыть описание
Еще