Anvar G'aniyev - Ko’rdim

251339
1853
Информация о видео:
Артисты
Anvar G'aniyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Anvar G'aniyev - Ko’rdim:

Ko’nglimgacha nigohin qadab,
Ko’nglimgacha kirganin ko’rdim.
Ag’yor bir-bir ayblarin sanab,
G’iybat qilib yurganin ko’rdim.

O’zim tamom qildim o’zimni,
Tilar bo’lsa g’amlar ko’ksimni,
O’g’ir kunda yaqin do’stimni,
Mendan yuzin burganin ko’rdim.

Ko’rdim, ko’rdim, ko’rdim, hayrona bo’ldim,
Bu dunyoning hiylasidan, vayrona bo’ldim.
Ko’rdim, ko’rdim, ko’rdim, dilpora bo’ldim,
Bu dunyoning nayragidan begona bo’ldim.

Hijron dardli qildi kuyimni,
Ishq egallab shirin o’yimni,
Buzib qo’yib ko’ngil uyimni,
Imoratlar qurganin ko’rdim.

Kech qadrimni bilgan odamlar,
Men yig’lasam kulgan odamlar,
Eshigidan quvgan odamlar,
Ostonamda turganin ko’rdim.

Ko’rdim, ko’rdim, ko’rdim, hayrona bo’ldim,
Bu dunyoning hiylasidan, vayrona bo’ldim.
Ko’rdim, ko’rdim, ko’rdim, dilpora bo’ldim,
Bu dunyoning nayragidan begona bo’ldim.

Читать далее Скрыть описание
Еще