Sen suluv, dilbarimsan,
Yulduzim, hulkarimsan,
Yashaysan yuragimda,
Eng go’zal tilagimda,
Jonimning yulduzisan,
Ko’nglimning kunduzisan.
Nurdayin taralgansan,
Men uchun yaralgansan.
Asalim, jonim menga yoqasan.
Kulib-kulib boqasan.
Yulduzday tovlanib qalbim yoqasan.
Jonim qalbimdasan, jonday bag’rimdasan,
Visolingni malikam yurak sog’ingan.
Asalim, jonim menga yoqasan.
Kulib-kulib boqasan.
Yulduzday tovlanib qalbim yoqasan.
Jonim qalbimdasan, jonday bag’rimdasan,
Visolingni malikam yurak sog’ingan.
Pariday nozlanasan,
Noz ila rozlanasan,
Koshkiydi kelganingda,
Dardimni bilganingda.
Nozlari sho’x yo’limsan,
Qalbimda chin bolimsan,
Yulduz yo’q ko’zlaringday,
Asal yo’q so’zlaringday.
Asalim, jonim menga yoqasan.
Kulib-kulib boqasan.
Yulduzday tovlanib qalbim yoqasan.
Jonim qalbimdasan, jonday bag’rimdasan,
Visolingni malikam yurak sog’ingan.
Ertagimsan, dostonimsan,
Asiringman jonginam.
Sendan o’zga gulni ko’rmas,
Asiringman yorginam.
Kecha-kunduz xayolimsan,
Erkatoyim jonginam.
Jonim o’zing hayotimsan,
Yuragimda borginam.
Asalim, jonim menga yoqasan.
Kulib-kulib boqasan.
Yulduzday tovlanib qalbim yoqasan.
Jonim qalbimdasan, jonday bag’rimdasan,
Visolingni malikam yurak sog’ingan.
Asalim, jonim menga yoqasan.
Kulib-kulib boqasan.
Yulduzday tovlanib qalbim yoqasan.
Jonim qalbimdasan, jonday bag’rimdasan,
Visolingni malikam yurak sog’ingan.
Asalim, jonim menga yoqasan.
Kulib-kulib boqasan.
Yulduzday tovlanib qalbim yoqasan.
Jonim qalbimdasan, jonday bag’rimdasan,
Visolingni malikam yurak sog’ingan.
Asalim, jonim menga yoqasan.
Kulib-kulib boqasan.
Yulduzday tovlanib qalbim yoqasan.
Jonim qalbimdasan, jonday bag’rimdasan,
Visolingni malikam yurak sog’ingan.