Mustafo - Tun kecha
Mustafo - Tun kecha
Видео:
517 тыс.
2 тыс.

Mustafo - Tun kecha

3754
12
1291
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Mustafo
Перейти на страницу артиста
Текст: Mustafo - Tun kecha:

Tun-kecha, oydin kecha,
Mahallangda kezarman.
Gul bilan, gullar bilan,
Derazangni bezarman.
Tong saharda uyg’onib,
Quvonchdan quvnab, yonib,
Shodlanib, sho’x to’lg’onib,
O’ynaganingni sezarman.

Ko’zlaring buncha go’zal?
Ko’zlarim lol ayladi.
Lablaring shirin, asal,
So’zlaring bol ayladi.
Sen malaksiymo gulim,
Sochlari dor, sumbulim,
Ishqingda soqov tilim,
Qaddimni dol ayladi.

Tun-kecha, oydin kecha,
Mahallangda kezarman.
Gul bilan, gullar bilan,
Derazangni bezarman.
Tong saharda uyg’onib,
Quvonchdan quvnab, yonib,
Shodlanib, sho’x to’lg’onib,
O’ynaganingni sezarman.

Birga yursak ko’chada,
Odamlar hayrongina.
Buncha shirin bo’lmasa,
Ko’zlari jayrongina.(2x)

O’zgalar boqsa agar,
Qoshlarin qoqsa agar,
Rashkimni yoqsa agar,
Ko’ngillar vayrongina.

Tun-kecha, oydin kecha,
Mahallangda kezarman.
Gul bilan, gullar bilan,
Derazangni bezarman.
Tong saharda uyg’onib,
Quvonchdan quvnab, yonib,
Shodlanib, sho’x to’lg’onib,
O’ynaganingni sezarman.

Kelganim bilsang agar,
Chiqgin onangdan bir so’rab.
Pardozing kamroq qil,
Oynaga ozroq qarab.
Sochlaring mayda o’rib,
Mayda qadamla yurib.
Lablaring kamroq bo’ya,
Chiqa qol ro’molingni o’rab.

Tun-kecha, oydin kecha,
Mahallangda kezarman.
Gul bilan, gullar bilan,
Derazangni bezarman.
Tong saharda uyg’onib,
Quvonchdan quvnab, yonib,
Shodlanib, sho’x to’lg’onib,
O’ynaganingni sezarman.(2x)

Shodlanib, sho’x to’lg’onib,
O’ynaganingni sezarman.
O’ynaganingni sezarman.

Читать далее Скрыть описание
Еще