Dardima doston qiloyin, tasadduqin bo’loyin,
Termalar aytmay akalar, ayting nima qiloyin.
Qarshidayam jo’ram bor, yaxshi yomon zo’ram bor
Surxondayam jo’ram bor, yaxshi yomon zo’ram bor
Ovozi bir shirali baxshi degan jo’ram bor
Ovozi bir shirali Shokir degan jo’ram bor
Davrani kengroq olib chechalarim o’ynasin
Bugun to’ylar baxona to’yib-to’yib o’ynasin
Alpomishday kelyotir bobolarim o’ynasin
Qizlardayin qilpillab momolarim o’ynasin
Baxshiligim biluvdi, yaxshiligim biluvdi,
Do’mbiramni akalar Alpomish sovg’a qiluvdi.
Terma aytsam bo’lami? Do’mbira cho’lsam bo’lami?
Do’mbira cholib akalar dardim aytsam bo’lami?