Bahriddin Zuhriddinov - Ota ona (concert 2017)

242035
1836
Информация о видео:
Артисты
Bahriddin Zuhriddinov
Перейти на страницу артиста
Текст: Bahriddin Zuhriddinov - Ota ona (concert 2017):

Oqibatdan so’z ochganda dil g’ashlansa,
Nomardlardan so’z ochganda ko’z yoshlansa,
Davralarda dunyolardan gap boshlansa,
Ota-onam boy deb emas ota-onam bor deb quvon.

Bo’lmaganni ojiz banda bo’ldirolmas,
Onang kabi hech kim seni kuldirolmas,
O’ksik ko’ngling molu-dunyo to’ldirolmas,
Ota-onam boy deb emas ota-onam bor deb quvon,

O’rgilaymi dabdabali o’ylaringdan,
Aylanaymi qaddi nihol bo’ylaringdan,
Yoru-do’stlar kelgan katta uylaringdan,
Ota-onam boy deb emas ota-onam bor deb quvon.

Oqibatdan so’z ochganda dil g’ashlansa,
Nomardlardan so’z ochganda ko’z yoshlansa,
Davralarda dunyolardan gap boshlansa,
Ota-onam boy deb emas ota-onam bor deb quvon.

Читать далее Скрыть описание
Еще